Qorao‘zak tumanida "Do‘stlik" festivali bo‘lib o‘tdi
2026-07-28 19:10:00 / Yangiliklar

30 iyul - Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan Qorao‘zak tumani Madaniyat saroyida "Do‘stlik" festivali tashkil etildi.
Festival avvalida ishtirokchilar "O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor" shiori ostida turli millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni tarannum etuvchi ijodiy ko‘rgazma bilan tanishdi.
Tadbir davomida tuman hokimi A.Baymuratov va boshqalar so‘zga chiqib barchani Xalqaro do‘stlik kuni bilan samimiy tabriklab, yurtimizda millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Festival davomida turli millat vakillarining milliy madaniyati, o‘zaro hurmat va do‘stlik g‘oyalarini ulug‘laydigan qo‘shiq va raqslar, ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati





