Qorao‘zak tumani hokimi Kepe qishlog‘i aholisi bilan uchrashdi
2026-07-27 15:25:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi A. Baymuratov Berdaq ОFY Kepe qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida hududni obodonlashtirish, ko‘chalar va yo‘l bo‘ylarini tartibga keltirish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash va aholi punktlarini yanada ko‘rkam holatga keltirish masalalari muhokama qilindi.
Tuman hokimi bu borada mutasaddi tashkilotlar, mahalla faollari va aholiga hududda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, yo‘l chetlarini o‘t va chiqindilardan tozalash, daraxtni parvarishlash hamda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilib, amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.




