Qorao‘zak tumani hokimining o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-07-04 10:25:00 / Yangiliklar
Qorao‘zak tumani hokimining o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi

Qorao‘zak tumani hokimining o‘rinbosarlari G‘.Ametov, N.Abdireymov va R.Sag‘idullayevalar fuqarolarni shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan kommunal soha, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sanatoriylarga yo‘llanma olish va boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, qonunchilik doirasida ijobiy hal etish choralari belgilandi.
Qorao‘zak tumani hokimligi axborot xizmati


