Qorao‘zak tumani hokimi A. Baymuratovning shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-07-03 18:10:00 / Yangiliklar
Qorao‘zak tumani hokimi A. Baymuratovning shaxsiy qabuli o‘tkazildi

Bugun tuman hokimining har haftaning juma kunidagi fuqarolarni shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uy-joylarini ta’mirlash va boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlari tinglandi.
Hokim har bir murojaatni o‘z nazoratiga olib, ijrosi yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, qonunchilik doirasida ijobiy hal etish choralari belgilandi.
Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.
Qorao‘zak tumani hokimligi axborot xizmati



