Aholining murojaati asosida kanal qazish ishlari olib borilmoqda
2026-07-03 17:30:00 / Yangiliklar
Aholining murojaati asosida kanal qazish ishlari olib borilmoqda

Qorao‘zak tumani hokimi A. Baymuratovning Berdaq OFY Oq ko‘l, Qaychili va Qo‘jaq qishloqlari fuqarolari bilan o‘tkazgan uchrashuvida aholi tomonidan qishloqdagi Boz ariq kanalini qazish bo‘yicha murojaat bildirilgan edi.
Ushbu murojaat tez kun ichida ijobiy hal etilib, amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Bugungacha Bo‘z ariq kanalining 2,5 kilometrlik qismi qazildi. Bundan buyon qishloq aholisining ekin yerlarini sug‘orish uchun to‘liq imkoniyat yaratiladi.
Qorao‘zak tumani hokimligi axborot xizmati


