Qorao‘zak tumanida "Ayollar daftari"ni yuritish bo‘yicha yangi tartiblar muhokama qilindi
2026-06-04 09:00:00 / Yangiliklar
Qorao‘zak tumanida "Ayollar daftari"ni yuritish bo‘yicha yangi tartiblar muhokama qilindi

Qorao‘zak tumani hokimligi majlislar zalida "Ayollar daftari" 7-bosqichini yuritish, tizimdagi yangi o‘zgarishlar va ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari S.To‘xtayev va bir qator tegishli sohalardan vakillar ishtirok etdi.
Seminarda yangi reja doirasida 3 ta asosiy yo‘nalish bandlik, tadbirkorlik, kompleks yordam turlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Mutasaddilarga "Ayollar daftari"dagi har bir xotin-qizning muammosiga manzilli yordam berish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati



