"Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" g‘oliblari taqdirlandi
2026-06-03 15:00:00 / Yangiliklar
"Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" g‘oliblari taqdirlandi

️Shu yilning aprel oyida, mahalla yoshlari o‘rtasida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqalariga start berilgan edi.
Bir oy davom etgan musobaqa yakuni bo‘yicha g‘olib sportchilar aniqlanib, bugun ularni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosari Q. O‘teev va davlat xavfsizlik xizmati Taxtako‘pir tumani bo‘limi boshlig‘i I. Qalandarovlar ishtirok etib g‘olib sportchilarimizni tabrikladi.
Shundan so‘ng, g‘olib jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.




