Qorao‘zaklik yana bir sportchimiz "Prezident olimpiadasi" yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
2026-06-02 10:00:00 / Yangiliklar

Shu yilning 1-iyun kuni sportning og‘ir atletika turi bo‘yicha 2-bosqich "Jo‘qorg‘i Kengash Raisi Olimpiadasi" musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli sport maktablaridan eng kuchli yosh sportchilar o‘zaro bellashdi.
Ushbu musobaqada Qorao‘zak tumani sport maktabining tarbiyalanuvchisi Axmetov Nurdavlat 65 kilogramm vazn toifasida qatnashib, faxrli I-o‘rinni egalladi.
Bu natija unga joriy yilning avgust oyida o‘tkaziladigan III bosqich "Prezident Olimpiadasi" musobaqasida ishtirok etish yo‘llanmasini berdi.
Yosh sportchining bu yutug‘ida uning murabbiyi Otarbayev Ikramning munosib hissasi bor.
Sportchimiz N. Axmetovga "Prezident Olimpiadasi" musobaqalarida ham ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritishda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

