Xotira bor ekan, millat yashaydi.
2026-05-08 14:05:00 / Yangiliklar

Bugun tumandagi "Motamsaro ona" yodgorlik maydonida 9 may - Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 81 yilligi keng nishonlandi.
Tadbirda, tuman hokimi A. Baymuratov yig‘ilganlarni o‘z hayotida ko‘p qiyinchiliklarni boshidan kechirib, urush yillarida va undan keyingi davrlarda mehnat qilgan butun mamlakatimizning faxriylarini ushbu shonli sana bilan tabriklab, urush maydonlaridan qaytmagan, ushbu tinch zamon kunlariga yetib kela olmagan aziz insonlarning qahramonliklarini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, tuman hokimi Hurmatli Prezidentimizning "Bugungi erkin va ozod hayot uchun aziz jonini ayamay kurashgan bunday ulug‘ insonlar oldida doimo qarzdormiz" deb aytib o‘tganidek, ularning jasorati yoshlarni tarbiyalashda namuna maktabi bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng, jahon urushida halok bo‘lganlar sharafiga keng jamoatchilik vakillari gulchambarlar qo‘ydi va hurmat ko‘rsatildi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.




