Rahbar va yoshlar uchrashuvi.
2026-05-08 09:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 7 may kuni "Yoshlar kuni" tadbiri doirasida, tuman hokimi A. Baymuratov tumandagi yoshlar bilan uchrashdi.
Hokim yoshlarning qobiliyatini yuzaga chiqarish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishni yanada kuchaytirish kerakligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida, yoshlar o‘zlarining takliflarini bildirib, sportning voleybol, kibersport turlari bo‘yicha musobaqalarni tez-tez tashkil etish va ushbu sport turlariga yanada yoshlarni qamrab olish bo‘yicha takliflarini bildirdi.
Tuman hokimi bu takliflarni ma’qulladi va musobaqa o‘tkaziladigan vaqtlarni yoshlar bilan kelishib oldi.
Bu borada, yoshlar yetakchilarining ish samaradorligini, tajribasini oshirish maqsadida, 13 ta mahalladagi yoshlar yetakchilarini Namangan shahrida bo‘lib o‘tadigan "Gullar bayrami"da ishtirok etib, u yerning yoshlari bilan tajriba almashib qaytishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati



