Issiqxona yil davomida sabzavot va ko‘chatlar yetishtirish imkonini beradi.
2026-04-22 17:30:00 / Yangiliklar
Issiqxona yil davomida sabzavot va ko‘chatlar yetishtirish imkonini beradi.

Qorao‘zak tumanidagi "Madaniyat" OFY da yashovchi yosh tadbirkor va dehqon Turdimuratov Genjemurat uy yonida 6 ta issiqxona tashkil etib, har yili uning ichiga pomidor, bodring, qalampir kabi ekinlarni erta ekib, undan yuqori hosil yetishtirib kelmoqda.
Har bir oila o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, kichik yoki o‘rta hajmdagi issiqxonalar tashkil etsa, oila daromadi oshadi, bozorlarimizda arzon va sifatli mahsulotlar ko‘payadi hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga imkoniyat yaratiladi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati



