Rahbar va yoshlar uchrashuvi.
2026-04-10 21:40:00 / Yangiliklar

Prezidentimizning joriy yil 24 fevral kuni yoshlar bilan bo‘lgan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar va payshanba "Yoshlar kuni" tadbiri doirasida, Qorao‘zak tumani hokimi A.Boymuratov, 2026 yil 9 aprel kuni tumandagi ishsiz yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Prezidentimizning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar keng tushuntirib o‘tildi.
Uchrashuv davomida, yoshlardan imtiyozli kredit olish, doimiy ish bilan ta’minlash borasida 12 ta murojaat bildirildi, shundan 7 ta murojaat ijobiy yechimini topdi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan muammolarni joyida hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati


