Agentlik direktori tumandagi 2-sonli texnikumda bo‘ldi.
2026-03-30 18:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’lim agentligi direktori Azimjon Xusanov respublikamizdagi o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, Qorao‘zak tumani 2-sonli texnikumga tashrif buyurdi.
A.Xusanov bilim yurtida o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, amaliy laboratoriyalar va ustaxonalarda yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirib, texnikumning o‘qituvchilari va o‘quvchi-yoshlar bilan suhbatlashdi.
Uchrashuvlar davomida professional ta’lim muassasalarida amaliy ko‘nikmalarni yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yoshlarni zamonaviy bilim va kasblarga yo‘naltirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi M. Atamuratov ishtirok etdi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.



