Bugun tuman hokimi kitobxon yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.
2026-03-27 20:55:00 / Matbuot anjumanlari

Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning fikr-mulohazalarini tinglashdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida hokim yoshlarning ma’naviy kamolotida kitobning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. U o‘z so‘zida Kitob - insonning eng yaqin do‘sti va bilim manbai. Kitob o‘qigan yoshning dunyoqarashi keng, fikrlashi teran bo‘ladi, - deb ta’kidladi.
Ochiq muloqotda faol ishtirok etgan yoshlarimiz o‘zlarining o‘qigan adabiy kitoblaridan parchalar keltirib, o‘z takliflarini bildirdi.
Uchrashuv yakunida bir qator faol yoshlar va ularning ustozlari tuman hokimligi tomonidan kitoblar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati




