Yoshlar o‘rtasida voleybolni ommalashtirish.
2026-03-26 19:15:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyul kungi "Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-274-sonli qarori asosida "Voleybol" sport turlarini yanada takomillashtirish, yoshlar orasida bu sport turini keng ommalashtirish, kuchli sportchilarni tanlab olish hamda sportchilarning musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida, tuman hokimligi tomonidan 28-sonli maktabga voleybol qum maydoni qurib berildi.
Bugun ushbu sport maydonida sportning "Voleybol" turi bo‘yicha musobaqa tashkil etilib, unda tuman hokimi A. Baymuratov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M. Allabergenovlar so‘zga chiqib, sportchilarni musobaqaning ochilishi bilan tabrikladi va ularga sport inventarlari topshirildi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.



