Ramazon oyini xalqimiz ezgu niyatlar bilan kutib olmoqda.
2026-03-20 08:25:00 / Yangiliklar

Bugun tong sahardan "Ramazon hayit" bayrami munosabati bilan "Idris Eshon" jome masjidida, ota-bobolarimizning ruhlariga Qur’on tilovat qilinib, yurtimizga tinchlik-totuvlik, xonadonlarimizga fayz-baraka, qalblarimizga imon-e’tiqod barqaror bo‘lishini tiladi.
Tuman hokimi A. Baymuratov barcha jamoani, tuman aholisini bayram bilan tabriklab, yurtimizga tinchlik, dehqonlarimizga mo‘l rizq-nasiba tiladi va ushbu muborak oyda Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlar xalqimiz qalbida alohida iliqlik tuyg‘usini uyg‘otayotganini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, "Idris eshon" jome masjidi imom-xatibi A. Idrisov muborak Ramazon oyida atrofimizdagilarga yaxshilik qilishga, muhtojlarni qo‘llab-quvvatlashga, g‘amgin ko‘ngillarni shod qilishga va qilgan barcha ezgu amallarimizning qabul bo‘lishini tiladi.
Qorao‘zak tumani hokimligi Axborot xizmati




