Tumanda "Navro‘zni ulug‘lash - insonni ulug‘lash!" shiori asosida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.
2026-03-19 16:10:00 / Yangiliklar

Navro‘z - bu tabiat uyg‘onishi, ezgulik va yangilanish bayramidir. Asrlar davomida xalqimiz tomonidan keng nishonlanib kelinayotgan ushbu qutlug‘ ayyom insonlarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi, qalblarda mehr-oqibat, bag‘rikenglik va ezgu niyatlarni mustahkamlaydi.
Asosiy Navro‘z tomoshalari tuman markazidagi sport maydonchasida boshlandi.
Bayram tadbirida xalqimizni tuman hokimi A. Boymuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari, R. Nurazizov samimiy tabrikladi.
Tuman hokimi o‘z so‘zida yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz farovonligini ta’minlash, shahar va qishloqlarimizni yanada obod qilish, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan ishlarni ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, san’at sohasi ijrochilarining ko‘tarinki konsert dasturlari, xalq sayillari, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan an’analarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, milliy taomlar bilan birga milliy kurash, tosh ko‘tarish, xo‘roz va qo‘chqor urishtirish, arqon tortish va yana boshqa milliy sport turlaridan musobaqalar tashkil etiladi.
Musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan sportchilarimiz tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.




