Ramazon - mehr-muruvvat oyi.
2026-03-17 21:20:00 / Yangiliklar
Ramazon - mehr-muruvvat oyi.

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Qorao‘zak tumanidagi fayzli joylarning birida nuroniylar, o‘zgalarning yordamiga muhtoj fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
Bugungi iftorlik dasturxoni atrofida jam bo‘lib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va farzandlarimiz kamoloti uchun duo qilayotganimiz - yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikning yana bir ifodasidir.
Ushbu iftorlik tadbiri Ramazon oyi ruhiga mos saxovat va insonparvarlikning yorqin namunasi bo‘lib, unda ishtirok etgan fuqarolar tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Qorao‘zak tumani hokimligi axborot xizmati


