KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH – JAMIYAT XAVFSIZLIGINING GAROVI.
2026-03-03 14:30:00 / Yangiliklar

Korrupsiya – bu ijtimoiy-siyosiy buzilish kuchidir, uning oqibatlari iqtisodiyotga zarar keltiradi, ijtimoiy tengsizlik paydo bo'ladi, aholining davlat boshqaruvi organlariga ishonchi kamayadi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi. Korrupsiya oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy holatlarning ro'yxatini yanada kengaytirish mumkin. Buyuk faylasuf Aristotel aytganidek, hokimiyatga pul orqali erishgan odam undan foydalanishga harakat qiladi. Shuning uchun korrupsiya buzilish xususiyatiga ega bo'lganligi sababli jamiyat unga qarshi doimiy kurash olib boradi. Jamiyatda korrupsiya avj olganda, u qonun ustuvorligiga, demokratiyaga va inson huquqlariga, samarali davlat boshqaruviga to'sqinlik qiladi, tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillarini buzadi, jamiyatdagi barcha me'yorlarni buzadi. Albatta, biz bilan siz barpo qilayotgan jamiyat boshqaruvida kamchiliklar bo'lishi tabiiydir, chunki har qanday jamiyat yoki davlat ideal emas. Erkin demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda korrupsiya asosiy to'siqlardan biridir. Mustaqillikdan keyingi davrda korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Chunki korrupsiya va unga bog'liq bo'lgan iqtisodiy jinoyatlar davlatlarning bugungi iqtisodiy va siyosiy sharoitida rivojlanishga to'sqinlik qiladigan asosiy xavf manbai, xavfsizlikka tahdid soladi. O'z davlatimizning kelajagi va obro'sini qadrlaydigan har bir ongli fuqaro bu xavfni unutmog'i kerak.
Ular biron bir kasbda chin dildan mehnat qilish, o'z bilim va ko'nikmalarini doimiy ravishda takomillashtirish va korruptsiyaga qarshi o'z vaqtida choralar ko'rmasalar, bu illatlar qanday yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi tushunishlari kerak. So'nggi yillarda mamlakatimizda "Elektron hukumat"ning korruptsiyani kamaytirishdagi roli e'tiborga olindi va u boshqaruv tizimiga keng joriy etila boshladi. Xususan, davlat xizmatlarining 100 dan ortiq turi elektronlashtirildi va yagona elektron davlat portali yaratishga katta e'tibor qaratildi. Bu esa, o'z navbatida, fuqarolar va davlat tashkilotlari o'rtasidagi aloqalarda korruptsion holatlarning kamayishiga ijobiy ta'sir qiladi.
Qorao'zak tumani Adliya bo'limi Davlat xizmatlar Markazi bosh mutaxasisi A.Maxanov.
