Qorao‘zak tumanida korrupsiya va unga qarshi kurashish bo‘yicha majlis o‘tkazildi.
2026-01-28 19:15:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda tuman prokurori, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorao‘zak tumani sudi va tergov sudyasi, IIB boshlig‘i, Adliya bo‘limi boshlig‘i ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqanlar, O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonunining mazmun-mohiyati, Korrupsiya jamiyat rivojiga, qonun ustuvorligiga va fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan salbiy illat ekanligini tushuntirib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025 yil 24 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlashning ahamiyati to‘g‘risida"gi 1-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi 22-sonli qarorining ahamiyati bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.



