"Korrupsiya illatiga qarshi kurashish"
2025-12-06 09:25:00 / Yangiliklar
"Korrupsiya illatiga qarshi kurashish"

Qorao‘zak tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida Adliya bo‘limi boshlig‘i A. Iskenderov rahbarligida "9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"ga bag‘ishlangan "Antikorrupsiya oyi" doirasida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Qorao‘zak tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni talablari bo‘yicha keng tushuntirishlar berildi.
Bunday targ‘ibot ishlarini amalga oshirishdan asosiy maqsad, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari o‘rtasida korrupsiya illatiga qarshi kurashish va jinoyatchilikning oldini olishdir.


