Ta’qib va zo‘ravonlikka qarshi 16 kun
2025-12-04 18:50:00 / Yangiliklar

Bugun, Qorao‘zak tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi binosida "Bosim va zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi bo‘lim prokurori L.Seytova, tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i R.Sag‘idullayeva, psixologlar va qishloq fuqarolar yig‘inlaridagi xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, xotin-qizlar muammolarini doimiy o‘rganish, tegishli idoralar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha soha rahbarlari tomonidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, shu kuni "Ǵárezsizlik gúzarı" mahallasidagi "Kambag‘allik reyestri"ga kiritilgan oilalar holidan xabar olinib, bandligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.




