Oila va ayollar maskani - bu jamiyatdagi eng muqaddas ma’naviy markaz hisoblanadi.
2025-11-12 10:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari U.Abdullayeva va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Ahmedova Qorao‘zak tumanida bo‘ldi.
Tashrif davomida Qorao‘zak tumanidagi yangi tashkil etilgan "Oila va ayollar maskani" imkoniyatlari bilan tanishdi.
Markazning asosiy maqsadi, tumanda onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar, ularning oila a’zolari bilan ishlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Shu kuni, "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash o‘quv-kursida" o‘qiyotgan yosh kelin-kuyovlarga ahillik, baxt tilab, sertifikat va sovg‘alar topshirildi.
Shu kuni, "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash o‘quv-kursida" o‘qiyotgan yosh kelin-kuyovlarga ahillik, baxt tilab, sertifikat va sovg‘alar topshirildi



