Kattaqo‘rg‘on tumani va Qoshg‘ar viloyati o‘rtasida do‘stlik aloqalari mustahkamlanmoqda
2025-04-29 12:45:00 / Yangiliklar

Xitoy Xalq Respublikasining Qoshg‘ar tumani delegatsiyasi Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov boshchiligida Turizm universiteti UNWTO binosida qabul qilindi.
Uchrashuvda Qoshg‘ar va Kattaqo‘rg‘on tumanlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, turizm sohasini rivojlantirish, “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish va ikki tuman o‘rtasida qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, amaliy ishlarga o‘tish maqsadida maxsus ishchi guruh tashkil etildi va loyihalarni samarali amalga oshirish uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Tomonlar belgilangan chora-tadbirlarni o‘zaro hamkorlikda hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
