SUDLARNING INTERAKTIV XIZMATLARI — KORRUPTSIYANING OLDINI OLIŞDA MUHIM OMIL
2026-11-11 10:35:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qiliş, odil sudlovning oçiqligi va şaffofligini ta’minlaş, fuqarolarning sudlarga bölgan işonçini mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etiş korruptsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirişning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda.
Sud tizimida raqamlaştiriş jarayonlarining kengayişi fuqarolarga qulaylik yaratiş bilan birga, ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, inson omilini qisqartiriş va xizmat jarayonlarida şaffoflikni ta’minlaşga xizmat qilmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Oliy sudining my.sud.uz interaktiv xizmatlar portali orqali fuqarolar va yuridik şaxslar sudlarga elektron şaklda murojaat qiliş, sud işlarining harakatini kuzatiş, tegişli hujjatlar bilan tanişiş hamda boşqa elektron xizmatlardan foydalaniş imkoniyatiga ega.
Mazkur imkoniyatlar fuqarolarning vaqt va mablağini tejaş, sud xodimlari bilan ortiqça bevosita muloqotlarni kamaytiriş, murojaatlarni qabul qiliş va körib çiqiş jarayonlarida qonuniylikni mustahkamlaşga yordam beradi.
Şuningdek, sud işlarini sudyalar örtasida avtomatlaştirilgan tarzda taqsimlaş tizimi ham korruptsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirişda muhim ahamiyatga ega. Uşbu mexanizm işlarni taqsimlaş jarayoniga noqonuniy aralaşuv ehtimolini çeklaş, xolislik va adolat tamoyillarini ta’minlaşga xizmat qiladi.
Sud işlarining harakatini elektron tarzda kuzatiş, hujjatlar almaşinuvini raqamlaştiriş, sud majlislarida videokonferentsaloqa texnologiyalaridan foydalaniş hamda protsessual harakatlarni audio va video qayd etiş imkoniyatlari sud faoliyatining şaffofligini yanada oşiradi.
Ayniqsa, elektron tizimlarda amalga oşirilgan harakatlarning qayd etib borilişi hujjatlarni asossiz keçiktiriş, ma’lumotlarni yaşiriş yoki xizmat vakolatlaridan suiiste’mol qiliş kabi holatlarning oldini olişda muhim örin tutadi.
Albatta, sud tizimini raqamlaştirişning özi korruptsiyani töliq bartaraf etmaydi. Buning uçun axborot xavfsizligini ta’minlaş, elektron xizmatlar ustidan samarali nazorat örnatiş, sud xodimlarining kasbiy mas’uliyatini oşiriş va qonun ustuvorligini mustahkamlaş zarur.
Xulosa qilib aytganda, sudlarning interaktiv xizmatlarini rivojlantiriş — bu nafaqat zamonaviy qulaylik, balki korruptsiyaning oldini oliş, odil sudlovning oçiqligi va xolisligini ta’minlaşga qaratilgan muhim islohotdir.
Zero, şaffof, adolatli va zamonaviy sud tizimi fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlaşning muhim kafolatidir.
Ş.A. Işankulov,
Jinoyat işlari böyiça Kattaqörğon tuman sudining tergov sudyasi
