Dalaga ilm kirsa, hosil ham möl böladi
2026-10-23 09:05:00 / Yangiliklar

Dalaga ilm kirsa, hosil ham möl böladi
📌 Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanidagi “Nazokat oltin dalasi” fermer xöjaligi rahbari Mardon Mavlonov paxtaçilikda yuqori hosildorlikka erişiş uçun ilmiy yondaşuv, puxta agrotexnika va izçil mehnat muhim ekanini amalda namoyon etmoqda.
🌲 Bugun fermer xöjaligiga qaraşli 36 gektar maydonda yetiştirilgan paxta hosili yiğib olinmoqda. Töliq “Şinjon” agrotexnologiyasi asosida parvarişlangan, xorijiy nav ekilgan dalalarda hosildorlik gektariga 80-90 sentnerni taşkil etmoqda. Bu esa har bir gektar yerdan unumli foydalaniş, agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli bajariş qanday natija berişini körsatadi.
🔗 Biroq fermer erişilgan natijalar bilan çeklanib qolmoqçi emas. Yondoş dalada hali terilmagan daladan gektariga 100 sentnerdan ortiq hosil olişni maqsad qilgan. Bu şunçaki reja emas, balki mavsum davomida olib borilgan izçil mehnat, töğri tanlangan agrotexnologiya va har bir jarayonga mas’uliyat bilan yondaşuvning natijasidir.
📰 Fermerning ta’kidlaşiça, bunday körsatkiçlarga erişişda paxtaçilikning “8 qonun”i muhim örin tutadi. Köçat qalinligini me’yorida saqlaş, belgilangan ekiş sxemasiga rioya qiliş, ösimlikning ösişi va rivojlanişini nazorat qiliş, öğitlardan töğri foydalaniş hamda boşqa agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida amalga oşiriş — möl hosilning asosiy omillaridir.
🌱 Paxtaçilikning “8 qonun”i asosida taşkil etilgan işlar daladagi har bir ğöza parvarişiga, har bir agrotexnik tadbirning sifatli bajarilişiga alohida e’tibor qaratişni talab etadi. Zero, yuqori hosildorlik tasodifan yuzaga kelmaydi. Uning zamirida puxta reja, aniq hisob-kitob va mavsum davomida tinimsiz qilingan mehnat mujassam.
📰 “Nazokat oltin dalasi” fermer xöjaligida qölga kiritilayotgan natijalar buning yaqqol misolidir. Gektaridan 90 sentner hosil olinayotgan maydonlar va 100 sentnerlik marraga köz tikayotgan dalalar — zamonaviy agrotexnologiyalarni töğri qöllaş hamda paxtaçilikning “8 qonun”iga amal qiliş orqali yuqori natijalarga erişiş mumkinligini körsatmoqda.


