“ZULFIYA” MUKOFOTI — IQTIDORLI QIZLARGA YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI
2026-10-15 17:00:00 / Yangiliklar

Yurtimizdagi eng nufuzli mukofotlardan biri — “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi Kattaqo‘rg‘on tumani Mo‘ndiyon mahallasida joylashgan 17-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda a’lo xulqi, noyob iste’dodi va so‘nggi uch yil davomida xalqaro yoki respublika miqyosida yuqori natijalarga erishgan, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlar ishtirok etdi.
Joriy yilgi tanlovning muhim yangiliklaridan biri — an’anaviy ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlariga “tibbiyot” yo‘nalishining ham qo‘shilganidir. Shu tariqa iqtidorli qizlar 9 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatini namoyon etdilar.
Tanlov davomida ishtirokchilarning bilim va mahorati, erishgan natijalari hamda ijodiy salohiyati atroflicha baholandi. Faol ishtirok etgan nomzodlar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bu kabi tanlovlar yosh xotin-qizlarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi marralar sari ilhomlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

