USTOZ MEHNATI — E’ZOZDA
2026-09-30 09:00:00 / Yangiliklar

USTOZ MEHNATI — E’ZOZDA
Kattaqo‘rg‘on tumanida ta’lim sohasida samarali mehnat qilib, yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning bilim va salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh ustozlar yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Jumladan, 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi Shodmonova Ozoda Raxmonovna «Xalq ta’limi fidoyisi», 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi informatika fani o‘qituvchisi Nazarov Nurali Sheralievich hamda 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabi geografiya fani o‘qituvchisi Mamatova Ayida Oripovna «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.
Ushbu e’tirof — ustozlarning ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiga sadoqati va ta’lim sohasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining yuksak bahosidir.
Mukofot muborak bo‘lsin! Ustozlarning sharafli va mas’uliyatli faoliyatida yangi yutuqlar, shogirdlarining kamoli va el-yurt hurmati hamisha hamroh bo‘lsin!
