KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDA NAVBATDAGI YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
2026-09-15 15:00:00 / Yangiliklar

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISh BORASIDA NAVBATDAGI YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Kattaqo‘rg‘on tumanini «korrupsiyadan xoli» hududga aylantirish, aholi orasida korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish hamda kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan tuman hokimligida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman prokurori Mirzaxon Nozimov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Aslam Ochilov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Murodali Otamurodov, korxona va tashkilot rahbarlari hamda tegishli soha vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda profilaktika ishlarini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi mas’ullarga yuklatilib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

