Sebuston mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
2026-09-09 13:25:00 / QURILISH YANGILIKLARI

Sebuston mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi uchun qulay va barqaror elektr ta’minotini ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarini yangilash hamda transformator quvvatlarini oshirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Sebuston mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 2 dona 63 kVA quvvatga ega qo‘shimcha transformatorlar o‘rnatilmoqda. Bu esa mahallada elektr energiyasiga bo‘lgan talabni barqaror ta’minlash va mavjud tarmoqlardagi yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, mahallada 2 ta transformatorda mukammal ta’mirlash, 19 ta transformatorda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Elektr uzatish tarmoqlarini yangilash borasida ham salmoqli ishlar bajarilmoqda. Xususan, 9,8 kilometr elektr tarmoqlari ta’mirlandi, ayni paytda esa yana 1,1 kilometr yangi elektr tarmog‘i tortilmoqda.
Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar natijasida Sebuston mahallasida elektr ta’minotining ishonchliligi va sifati yanada oshirilib, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy ob’ektlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatlari kengaytiriladi.
Bu kabi ishlar tuman hududida elektr energetika infratuzilmasini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish va aholi uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan.
