Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Nozimov Mirzaxon Xojiyevichning huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tumanimiz aholisiga yo‘llagan MUROJAATI
2026-09-07 09:00:00 / MUROJAAT

Hurmatli Prezidentimizning rahbarligida mamlakatimizda barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu islohotlarning tub mohiyati avvalo inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Muhtaram Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha PQ-1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, Siz azizlarni jinoyatlardan jabrlanib qolish ehtimolingizni oldini olish maqsadida tumanimizdagi kriminogen vaziyat yuzasidan mazkur murojaatimni yo‘llamoqdaman.
Bu borada “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli “konsepsiya” hayotga tatbiq etilgan.
Unga ko‘ra, “Mahalla yettiligi”ning mahallalarda huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash borasida aniq vazifalari belgilab berilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoat tashkilotlari bilan hamkorligi kuchaytirildi.
Eng asosiysi, bu soha huquqbuzarliklar oqibati bilan kurashish emas, balki ularning barvaqt oldini olish zarurligi haqidagi muhim hayotiy siyosiy tamoyil asosida isloh qilinmoqda.
Hurmatli fuqarolar !
Tuman hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish
va huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilni o‘tgan davri mobaynida muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, tumanda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish
va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar holati atroflicha o‘rganilib, xalq deputatlari Kengashining qo‘shma yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilingan.
Jinoyatlarning soni oshgan ayrim mahallalarda jinoyat sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlar o‘rganilib, har bir jinoyat turi bo‘yicha ularning barvaqt oldini olishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Shunga qaramasdan, 2026-yil avgust oyida tumanda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20 taga ko‘paygan.
Ushbu oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar, jumladan o‘g‘rilik jinoyati tumandagi “Fayzikent, Charog‘on, Jonkel, Navbohor, Polvontepa, Kadan, Qiyot, Do‘stlik, Jumaboy, Burgansoy, Yodgorxo‘ja, Nisbat, Zarqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘oncha, Olmozor” mahallalarida, tan jarohat yetkazish jinoyatlari “Moybuloq, Bog‘ot, Uyshin, Tarnov, Valijon, Kattaming, Zarqo‘rg‘on, Yangiobod, Andoqsoy, Polvontepa, Qo‘shxovuz, Mullako‘rpa va Jonkel” mahallalarida, oilaviy zo‘rovonlik “Zarqo‘rg‘on, Saroyqo‘rg‘on, Omonkalxat va Bunyodkor” mahallarida sodir bo‘lgan.
Ushbu mahallalarda sodir bo‘lgan o‘g‘rilik jinoyati asosan fuqarolarning qoramollarini qarovsiz qoldirilishi natijasida sodir bo‘lgan.
Tumanda 236 ta jinoyat mahalla hududida sodir etilgan bo‘lib, har
100 ming aholi soniga nisbatan o‘rtacha 77,7 tani tashkil qiladi, ya’ni umumiy ro‘yxatga olingan jinoyatlarning 41,4 foizi mahallalarda sodir etilgan.
Eng yomoni 69 ta mahallarning 52 tasi ya’ni 75,4 foizida jinoyatlar sodir bo‘lgan.
Bu esa tumandagi 52 ta mahalla yettiligi tomonidan ayniqsa mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan o‘z vazifasini lozim darajada bajarmaganligi oqibatida jinoyatlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan.
Mahallalar kesimida oldini olinadigan jinoyatlar tahlil qilinganda “Jonkel” (6), “Qushbegi” (3), “Bog‘ot” (8), “Do‘stlik” (8), “Madrasa” (2), “Mirzo Ulug‘bek” (9), “Charog‘on” (5), “Yakkabog‘” (4), “Balandchordara” (4), “Navbahor” (14), “Omonkalxat” (5), “Yangiqiyot” (4), “Burgansoy” (7), “Qo‘shxovuz” (4) ta jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilib, mahalladagi kriminogen vaziyat yomonlashgan.
2026-yil 8 oyida 179 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar hisobga olinib, umumiy jinoyatlarning 31,4 foizini tashkil qilib, jinoyat turlari bo‘yicha: nomusga tegish 5 (0/5, 100%) taga, o‘g‘irlik 20 (33/53, 60,6%) taga, oilaviy zo‘rovonlik 3 (4/7, 75%) taga, firibgarlik 2 (16/18, 12,5%) taga, yengil tan jarohat yetkazish 3 (15/18, 20%) taga, o‘rtacha og‘ir tan jarohat yetkazish
3 (10/13, 30%) taga, o‘lim bilan bog‘liq YTX 2 (6/8, 33,3%) taga ko‘paygan.
Mahallarda asosan voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir qilingan, bu esa mahalla yettiligi tomonidan voyaga yetmaganlar bilan yetarli ravishda ishlamaganligi, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli ravishda o‘tkazish choralari ko‘rilmaganligidan dalolat beradi.
Shuningdek, fuqarolar asosan yoshlar o‘rtasida muomala madaniyatiga rioya qilinmayotganligi oqibatida bir-birlariga tan jarohati yetkazish jinoyatlari oydan oyga oshib bormoqda.
Shu bilan birgalikda, mahallada yashovchi nuroniylar, oqsoqollar, otinoyilar va obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan fuqarolar tomonidan mahallada yashovchi yoshlarga, ayollarga, jinoyat sodir qilishga moyil shaxslar bilan jinoyatni oqibatlari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borilishida mahalla yettiligiga ko‘maklashishda o‘rnak ko‘rsatishlarini so‘rab qolaman.
Tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlarning fuqarolarning muomila madaniyatiga rioya qilmasligi, oilada, o‘zidan yoshi kattalarni hamda bir-birini hurmat qilmasligi va qonunlarga bo‘ysunmasligi sabab bo‘lmoqda.
Tumandagi 69 ta mahallaning 33 tasida jinoyat sodir etilmagan bo‘lsa, 22 tasida barqaror saqlangan va kamaygan, biroq 14 ta mahalla o‘tgan yilga nisbatan ko‘p jinoyat sodir etilib, “qizil” hududga kirgan.
Aziz tumanimiz aholisi, tuman hududida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishda olib borilayotgan profilaktik ishlarga e’tiborsiz bo‘lmang, ushbu tadbirlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yaqindan yordamingizni ayamang, qonunlarga rioya qiling.
