Assalomu alaykum, Aziz Kattaqo‘rg‘onliklar hamda tumanimiz mehmonlari !
2026-08-12 10:00:00 / MUROJAAT

Sizlarga, tumanimizda iyul oyi bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha qisqacha ma’lumot bermoqchiman.
Joriy yilning iyuli oyida jami 88 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, ushbu jinoyatlarning 34 tasi tashabbus bilan aniqlanadigan, 45 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar, 9 tasi esa axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar tashkil qiladi.
Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida tuman hududida iyul oyida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, bosqinchilik, nomusga tegish va avtomashinalarni olib qochish jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l quyilmadi.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida,
-69 ta mahallalarning 37 tasida jinoyatlar umuman sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Jinoyat sodir etilgan mahallalarda kriminogen vaziyatni jilovlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari tumanimizda, 01 iyul kunidan 31 iyul kuniga qadar “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbir amalga oshirildi.
Tadbir davomida, 416 ta tezkor tadbirlari o‘tkazilib, olib borilgan tabdirlar natijasida 8 ta giyohvandlik moddalarini saqlash, sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, natijada 1 kg 207 gr giyohvandlik moddalari, 130 tup giyohvandlik o‘simliklari hamda 8 dona o‘q-dorilar tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Jinoiy javobgarlikdan bo‘yin tovlab qochib yurgan 8 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi, 1 ta bedarak shaxs topildi, ochilmasdan qolayotgan 18 ta jinoyatlar fosh etildi.
Shuningdek tabdir davomida tungi reydlar o‘tkazilib, sovuq qurol bilan bog‘liq 212 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 212 ta o‘tkir tig‘li jismlar rasmiylashtirib olindi.
370 ta mayda bezorilik holati aniqlanib, 77 nafar shaxslarga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.
752 ta holatda jamoat joylarida spirtli ichimlik ichish holati aniqlanib, jarima jazosi qo‘llanildi.
Mahallalarda qarovsiz va nazoratsiz qolgan
12 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi.
2 nafar shaxs Reabilitatsiya markazlariga joylashtirildi.
Farzandiga ta’lim va tarbiya berish borasidagi majburiyatini bajarmaganligi sababli jami 281 nafar
ota-onalarga ma’muriy ta’sir choralari qo‘llanildi.
190 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan
xotin-qizlar aniqlanib, ularga himoya orderlari berildi. Buning natijasida 94 ta oilalar yarashtirildi, 39 ta oilalarning nizosi bartaraf etildi.
68 nafar profilaktik hisobda turgan ruhiy kasal, giyohvand va spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar majburiy davolanishga yotqizildi.
Murojaatim davomida yana bir qator muhim yo‘nalishlarga ham ALOHIDA TO‘XTALMOQCHIMAN.
-kiber jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida, agarda sizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringiz so‘ralsa yoki bank kartangizga hujum bo‘layotganligi aytilsa, bankning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib holatga oydinlik kiriting, sizga yuborilayotgan fayllarni yuklamang va ochmang kiber jinoyati jabrlanuvchisiga aylanib qolmang!
-Xonadonlar va boshqa obyektlardan o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish maqsadida, ularni qo‘riqlash pultiga topshirishingizni tavsiya qilaman.
-Chorva mollari o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish maqsadida, ularni qarovsiz qoldirmasligingizni so‘rab qolaman.
Hurmatli Kattaqo‘rg‘onliklar,
Umuman olganda, bugungi kunda Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar – xalqimizning tinch-totuv va xavfsiz hayot kechirishiga qaratilgan.
Shunday ekan, hamkor tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab olib, tumanimiz hududida,
-jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish,
-jinoyatchilikka qarshi kurashish,
-mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi chora-tadbirlarni yanada jadallashtirishimiz lozim.
Bu ishlarni amalga oshirishda albatta keng jamoatchilik vakillari va Siz aziz fuqarolarimizga tayanamiz.
Murojaatim yakunida, Siz azizlarni yana bir bor ogohlikka chaqiraman.
O‘z uyimiz, o‘z mahallamizni o‘zimiz asraylik!
Aziz yurtdoshlar.
