Kattaqo‘rg‘on tuman sudining yangi binosi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi Kattaqo‘rg‘on tumanida sud tizimi infratuzilmasini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim loyihalardan biri — yangi tuman sudi binosi qurilishiga start berildi. Tadbirda vil
2026-07-01 14:05:00 / Yangiliklar

Kattaqo‘rg‘on tuman sudining yangi binosi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi
Kattaqo‘rg‘on tumanida sud tizimi infratuzilmasini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim loyihalardan biri — yangi tuman sudi binosi qurilishiga start berildi.
Tadbirda viloyat sudi raisi Dilshod Rajabov, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, sektor rahbarlari, Oliy sud huzuridagi departamentning Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i Shuxrat Zayniyev, sud sohasi vakillari va faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish, sudlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda fuqarolar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom etayotganini ta’kidladilar.
Qayd etilganidek, yangi binoning barpo etilishi sud faoliyati samaradorligini oshirish, odil sudlovni amalga oshirish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, fuqarolar va murojaatchilarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.







