Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi joriy yilning 3-iyul kuni bо‘lib о‘tadi.
2026-06-30 15:45:00 / Xalq deputatlari Kattaqo’rg‘on tumani Kengashi yangiliklari
Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi joriy yilning 3-iyul kuni bо‘lib о‘tadi.

Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi joriy yilning 3-iyul kuni bо‘lib о‘tadi.
📌Bu haqda xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashi raisi D.Ubaydullayevning 2026-yil 30-iyunda qabul qilgan “Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibi
1. Kattaqо‘rg‘on tumani hokimining birinchi о‘rinbosari N.Jо‘lmatovning mahallalarda yoshlar bandligini ta’minlash bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar tо‘g‘risidagi hisoboti haqida;
2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-sonli hamda “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish tо‘g‘risida” 2025-yil
27-dekabrdagi PQ-392-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan Kattaqо‘rg‘on tumani hokimining о‘rinbosari – Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i M.Rasulovning hisoboti haqida
3. Tumanda Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qо‘shimcha rezervlarni aniqlash bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda tо‘langanligi, soliq qarzdorliklari va ularni qisqartirish yuzasidan kо‘rilgan choralar bо‘yicha 2026-yilning yarim yillik yakuni bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar tо‘g‘risida tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Otamurodovning hisoboti haqida;
4. Kattaqо‘rg‘on tumani maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi boshlig‘i A.Daminovning maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish tо‘g‘risidagi hisoboti haqida;
5. Kattaqо‘rg‘on tumanida 2027-yilda Davlat dasturiga asosan meliorativ obyektlarda ta’mirlash-tiklash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasi tuman bо‘limi boshlig‘i G‘.Norovning hisoboti haqida;
6. Kattaqо‘rg‘on tuman mahalliy budjetining qо‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yо‘naltirish tо‘g‘risida;
7. Kattaqо‘rg‘on tumanida 2026-yil 1-mavsumida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi tо‘g‘risida;
8. Kattaqо‘rg‘on tumanida mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarni yozgi ta’tilini mazmunli va samarali о‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturini tasdiqlash tо‘g‘risida;
9. Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tuman Kengashining 2025-yil 23-sentabrdagi “Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tuman Kengashining 2025-yil 5-martdagi “О‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “О‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bо‘lgan huquqlarni e’tirof etish tо‘g‘risida”gi
О‘RQ-937-sonli Qonunining ijrosini ta’minlash tо‘g‘risida”gi VII-7-35-7-96-K/25-sonli qarorining tegishli ilovalariga о‘zgartirish kiritish haqida”gi VII-7-35-7-96-K/25-sonli qarorining tegishli ilovalariga о‘zgartirish kiritish haqida”gi VII-14-108-7-96-K/25-sonli qaroriga о‘zgartirish kiritish tо‘g‘risida.
