Assalomu alaykum, hurmatli tumandoshlar!
2026-06-20 20:00:00 / MUROJAAT

Shu bois, respublikamiz miqyosida aholini kibermakondagi tahdidlardan himoya qilish, ularni kiberjinoyatlarning oqibatlaridan ogohlantirish maqsadida keng qamrovli “Xavfsiz kibermakon” tezkor-profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Har biringizni kiberxavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz. Xususan: Soxta mobil ilova (APK) viruslari – ijtimoiy tarmoqlar, telegram kanallar yoki notanish veb-saytlar orqali tarqatilayotgan virusli .APK fayllarini yuklab olish va o‘rnatish orqali telefoningizdagi barcha ma’lumotlar (bank ma’lumotlari, shaxsiy suratlar, kontaktlar) o‘zlashtirib olinishi mumkin. Onlayn savdo bilan bog‘liq firibgarliklar – internetda, xususan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan arzon tovarlarni sotib olish maqsadida noma’lum shaxslarga oldindan pul o‘tkazmang. Soxta onlayn-do‘konlarga ishonish oqibatida moddiy zararga uchrash mumkin. Har doim tovarni olgachgina pul to‘lang va savdoni rasmiy hamda ishonchli platformalar orqali amalga oshiring; Notanish qo‘ng‘iroqlar – o‘zini bank yoki davlat xodimi deb tanishtirgan shaxslar tomonidan so‘ralayotgan SMS tasdiqlash kodlarini hech qachon aytmang. Soxta e’lon va reklama orqali shaxsiy ma’lumotlaringizni, bank kartasi ma’lumotlari va SMS-kodlarni kiritmang; Bolalaringizning internetdagi faoliyatini doimiy nazorat qiling.
