Assalomu alaykum, Aziz Kattaqo‘rg‘onliklar hamda tumanimiz mehmonlari !
2026-06-11 09:00:00 / MUROJAAT

Shu sababdan, tumanimizda may oyi bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha qisqacha ma’lumot bermoqchiman.
Joriy yilning may oyida jami 94 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, aprel oyida nisbatan 23 foizga kamayishiga erishildi. Shuningdek may oyida sodir etilgan jinoyatlarning 22 tasi tashabbus bilan aniqlanadigan, 26 tasi oldini olish mumkun bo‘lgan jinoyatlar, 46 tasi esa axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar tashkil etadi.
Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida tuman hududida may oyida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, talonchilik, bosqinchilik, nomusga tegish, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik va avtomashinalarni olib qochish jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l quyilmadi.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida,
-69 ta mahallalarning 42 tasida jinoyatlar umuman sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Hurmatli Kattaqo‘rg‘onliklar! Yoz mavsumida cho‘milish havzalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz. Belgilanmagan joylarda cho‘milmaslik, voyaga yetmagan bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik hamda spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda suvga tushmaslik zarur.
Yozgi ta’til vaqtida bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish eng asosiy vazifamiz ekanligini, bunda esa har birimizdan shaxsiy faollik talab qilishini alohida ta’kidlamoqchiman.
Shuningdek, moped va skuter haydovchilaridan yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, transport vositalarini tegishli hujjatlar asosida boshqarish hamda boshqa harakat ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashni so‘raymiz.
O‘zingiz va yaqinlaringiz hayoti xavfsizligi uchun mas’uliyatli bo‘ling!
Murojaatim davomida yana bir qator muhim yo‘nalishlarga ham ALOHIDA TO‘XTALMOQCHIMAN.
-kiber jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida, agarda sizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringiz so‘ralsa yoki bank kartangizga hujum bo‘layotganligi aytilsa, bankning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib holatga oydinlik kiriting, kiber jinoyati jabrlanuvchisiga aylanib qolmang!
-Xonadonlar va boshqa obyektlardan o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish maqsadida, ularni qo‘riqlash pultiga topshirishingizni tavsiya qilaman.
-Chorva mollari o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish maqsadida, ularni qarovsiz qoldirmang.
-suv havzalariga cho‘milayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni, ayniqsa yosh bolalarni suv havzalari atrofida qarovsiz qoldirmasligingizni so‘rab qolaman.
Hurmatli Kattaqo‘rg‘onliklar! tumanimiz hududida,
-jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish,
-jinoyatchilikka qarshi kurashish,
-mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi chora-tadbirlarni yanada jadallashtirishimiz lozim.
Bu ishlarni amalga oshirishda albatta keng jamoatchilik vakillari va Siz aziz fuqarolarimizga tayanamiz.
Murojaatim yakunida, Siz azizlarni yana bir bor ogohlikka chaqiraman.
O‘z uyimiz, o‘z mahallamizni o‘zimiz asraylik!
Aziz yurtdoshlar.
