Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi va tumandagi tashkilot, korxona hamda muassasalarda faoliyat yuritayotgan rahbar va mutaxassislar ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi
2026-05-14 10:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturinng Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash" qo‘shma loyihasi doirasida malakali trenerlar tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Ushbu seminar “Halollik orollari” metodologiyasini joriy etish, tumandagi zaif hududlarni aniqlash, korrupsiyaning oldini olish strategiyalarini ishlab chiqish va 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan strategik harakatlar rejasini yakunlash masalalariga bag‘ishlangan.



