Yashirin iqtisodiyot masalalari muhokama qilind
2026-05-14 17:00:00 / Yangiliklar
Tuman hokimligida Prezidentimiz tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, soliq maʼmurchiligini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda xufyona aylanmalarning oldini olishga qaratilgan qaror va farmonlar ijrosini taʼminlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi J.Nasriddinov, tuman prokuror M.Nozimov, hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
➡️Yig‘ilish davomida yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish, soliq tushumlarini oshirish, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatiga barham berish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

