“Qushbegi Mahallasida Jinoyat Muhokamasi: Totuvlikni Mustahkamlash Yo'lida”
2026-05-18 13:00:00 / Yangiliklar
Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani Qushbegi mahallasida jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, IIB boshlig‘i Aslam Ochilov, mahalla yettiligi mutasaddilari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda o‘zaro janjal oqibatida jinoyat sodir etgan ikki shaxsning ishi ko‘rib chiqildi. Muhokama davomida fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, totuvlik va qonuniylikning ahamiyati alohida ta’kidlandi.


