Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklayman!
2026-05-09 09:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Ushbu muqaddas sana bizga tinchlikning naqadar bebaho boylik ekanini, bu yo‘lda jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi hamisha barhayotligini eslatib turadi. Ularning mardligi va bugun oramizda bo‘lgan faxriylarimizning matonati biz uchun hamisha yuksak faxr va ibrat maktabidir.

Zero, xotira bor ekan — millat barhayot, qadrlash bor ekan — kelajak nurafshondir. Bugungi tinch va osuda hayotimizni asrash, tumanimiz ravnaqi yo‘lida birlashib mehnat qilish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Yana bir bor barchangizni Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklayman! Xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka va osoyishtalik tilayman.
Hurmat bilan,
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi
Jamshid Nasriddinov
