Kattaqo‘rg‘onda “Kunduzgi parvarish xizmati” markazi ochildi
2026-05-08 10:00:00 / Yangiliklar
Bugun tumanimizning "Bog'ot" MFY hududida “Zaxro Original Education” MCHJ tomonidan tashkil etilgan Kunduzgi parvarish xizmati markazining tantanali ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda hokimiyat vakillari, soha mutaxassislari, mahalla nuroniylari ва keng jamoatchilik ishtirok etdi.
☯️Tadbir davomida markazning ahamiyati, bolalar tarbiyasi ва ta’limida tutgan o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Ishtirokchilar ushbu tashabbusning tumandagi ijtimoiy hayotga qo‘shadigan hissasi, yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash ва ularning sog‘lom rivojlanishi uchun yaratilayotgan sharoitlarni yuqori baholadilar.
🤝Kunduzgi parvarish xizmati markazi – bu nafaqat ta’lim, balki bolalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini ta’minlashга xizmat qiladigan muhim maskan sifatida tumanda faoliyat boshladi

