Mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi va xavfsiz muhitni ta’minlash.
2026-05-01 10:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2 qarorlari ijrosini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va kriminogen vaziyatni yaxshilash, hamda oilaviy nizolarni bartaraf etish maqsadida Kattaqo‘rg‘on tumani “Jonkel” mahallasida Xavfsiz va sogʻlom yurt “Turmush va Tozalash” profilaktik tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda tuman IIB vakillari, mas’ul tashkilot rahbarlari, tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari hamda profilaktika inspektorlari va patrul-post xodimlari ishtirok etdilar.
Aholiga xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasini kuchaytirish, shubhali APK fayllarni ochmaslik, bank karta ma’lumotlarini himoya qilish va kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
