Assalomu alaykum, Aziz Kattaqo‘rg‘onliklar hamda tumanimiz mehmonlari !
2026-05-07 19:00:00 / MUROJAAT

Ushbu “profilaktik-ogohlantiruvchi murojaat”ni yo‘llashdan asosiy maqsadimiz, tumanimiz aholisi va mehmonlarimizni kriminogen vaziyatdan ogoh qilgan holda, Siz azizlarni jinoyatlardan jabrlanib qolish ehtimolingizni minimal darajaga tushurishdan iborat.
Shu maqsadda, tumanimizda aprel oyi bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha qisqacha ma’lumot bermoqchiman.
Joriy yilning aprel oyida jami 127 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, shundan 26 tasi tashabbus bilan aniqlanadigan, 36 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar, 65 tasi esa axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar tashkil etadi.
Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida tuman hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, talonchilik, bosqinchilik, nomusga tegish va avtomashinalarni olib qochish jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l quyilmadi.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida,
-69 ta mahallalarning 44 tasida jinoyatlar umuman sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Bundan tashqari tumanimizda, o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida, 35 ta tintuv tadbirlari o‘tkazildi, natijada 1 kg ziyod giyohvandlik moddalari, 216 tup giyohvandlik o‘simliklari aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Giyohvandlik bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha 14 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 8 nafar shaxslar qamoqqa olindi.
Jinoiy javobgarlikdan bo‘yin tovlab qochib yurgan 14 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi, ochilmasdan qolayotgan 7 ta jinoyatlar fosh etildi.
Shuningdek tabdir davomida tungi reydlar o‘tkazilib, sovuq qurol bilan bog‘liq 90 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 90 ta o‘tkir tig‘li jismlar rasmiylashtirib olindi.
347 ta mayda bezorilik holati aniqlanib, 246 nafar shaxslarga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.
455 ta holatda jamoat joylarida spirtli ichimlik ichish holati aniqlanib, jarima jazosi qo‘llanildi.
Mahallalarda qarovsiz va nazoratsiz qolgan 4 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi.
Farzandiga ta’lim va tarbiya berish borasidagi majburiyatini bajarmaganligi sababli jami 177 nafar ota-onalarga ma’muriy ta’sir choralari qo‘llanildi.
6 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar aniqlanib, ularga himoya orderlari berildi. Buning natijasida 7 ta oilalar yarashtirildi, 3 ta oilalarning nizosi bartaraf etildi.
125 nafar profilaktik hisobda turgan ruhiy kasal, giyohvand va spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar majburiy davolanishga yotqizildi.
Murojaatim davomida yana bir qator muhim yo‘nalishlarga ham ALOHIDA TO‘XTALMOQCHIMAN.
-kiber jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida, agarda sizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringiz so‘ralsa yoki bank kartangizga hujum bo‘layotganligi aytilsa, bankning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib holatga oydinlik kiriting, kiber jinoyati jabrlanuvchisiga aylanib qolmang!
-Xonadonlar va boshqa obyektlardan o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish maqsadida, ularni qo‘riqlash pultiga topshirishingizni tavsiya qilaman.
-Chorva mollari o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish maqsadida, ularni qarovsiz qoldirmasligingizni so‘rab qolaman.
Hurmatli Kattaqo‘rg‘onliklar,
Umuman olganda, bugungi kunda Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar – xalqimizning tinch-totuv va xavfsiz hayot kechirishiga qaratilgan.
Shunday ekan, hamkor tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab olib, viloyatimiz hududida,
-jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish,
-jinoyatchilikka qarshi kurashish,
-mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi chora-tadbirlarni yanada jadallashtirishimiz lozim.
Bu ishlarni amalga oshirishda albatta keng jamoatchilik vakillari va Siz aziz fuqarolarimizga tayanamiz.
Murojaatim yakunida, Siz azizlarni yana bir bor ogohlikka chaqiraman.
O‘z uyimiz, o‘z mahallamizni o‘zimiz asraylik!
Aziz yurtdoshlar.
