Kattaqo‘rg‘onda yangi zamonaviy maktab foydalanishga topshirildi
2026-03-30 14:00:00 / Yangiliklar
Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Yangi inshoot Davlat dasturi asosida 570 o‘ringa tashabbusli Byudjet doirasida 120 o'ringa mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan o‘quv binosi hamda sport zalni o‘z ichiga oladi. Maktab zarur jihozlar bilan ta’minlanib, o‘quvchilar uchun qulay va sifatli ta’lim olish imkoniyatlari yaratildi.
Ochilish marosimida tuman hokimi J.Nasriddinov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Mirzayev, mahalla nuroniylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi


