PAYSHANBA – YOSHLAR KUNI
2026-03-26 11:00:00 / Yangiliklar

"Payshanba – yoshlar kuni" doirasida navbatdagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi J.Nasriddinov, DXX Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi boshlig‘i N.Toshtemirov hamda, tuman IIB boshlig‘i A.Ochilov
ishtirok etib, harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda asosan Vatan oldidagi burchini sharaf bilan ado etib qaytgan yoshlarning kelajakdagi rejalari, ularni qiynayotgan masalalar va bandligini ta’minlash borasida so‘z bordi.
Ichki ishlar organlariga ishga kirish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, tizimdagi imtiyozlar va yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🛡"Vatan xizmati — faqat chegarada emas, balki el osoyishtaligini himoya qilishda ham davom etishi kerak. Harbiy xizmatda toblangan yoshlarimiz bugun tizimimiz uchun munosib kadrlar bo‘la oladi," — deya ta’kidlandi uchrashuvda.


