Assalomu alaykum, Aziz Kattaqo‘rg‘onliklar hamda tumanimiz mehmonlari !
2026-03-12 12:00:00 / MUROJAAT

Assalomu alaykum, Aziz Kattaqo‘rg‘onliklar hamda tumanimiz mehmonlari !
Muhtaram Prezidentimizning qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida har oyning yakuni bilan tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha “profilaktik-ogohlantiruvchi murojaat” yo‘llab borilmoqda.
Sizlarga, tumanimizda 2026-yil fevral oyida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha qisqacha ma’lumot bermoqchiman.
Joriy yilning fevral oyida jami 91 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, mazkur jinoyatlarning 7 tasi tashabbus bilan aniqlanadigan, 24 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan, 60 tasi kiber jinoyatlar tashkil etadi.
Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida tuman hududida 2026-yilning fevral oyida, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan qotillik, bosqinchilik, og‘ir tan jarohati yetkazish, bezorilik va avtomashinalarni olib qochish kabi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l quyilmadi.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida, tumandagi 69 ta mahallalardan 14 tasi “sariq”, 52 tasi “yashil”, 3 tasi “qizil” toifaga kiritildi.
Mahallada oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyat turlaridan;
-o‘g‘rilik jinoyati tumandagi “Burgansoy”, “Do‘stlik”, “Omonkalxat”, “Go‘zal”, “Kumushqirg‘oq”, “Navbahor”, “Mundiyon” va “Yangiqiyot” mahallalarida,
-tan jarohat yetkazish jinoyatlari “Yangiqiyot”, “Navbahor” va “Alisher Navoiy” mahallalarida,
-oilaviy zo‘ravonlik jinoyati “Yodgorxo‘ja” mahallalarida sodir bo‘lgan.
Fuqarolarning internet firibgarlarining yolg‘on aldovlariga uchrab, bilib-bilmasdan shaxsiy va bank karta ma’lumotlarini taqdim qilishi natijasida ham moddiy, ham ma’naviy zarar ko‘rayotganligi kuzatilmoqda.
Sizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringiz so‘ralsa yoki bank kartangizga hujum bo‘layotganligi aytilsa, shuningdek telegram kanallar yoki notanish veb-saytlar orqali tarqatilayotgan virusli .APK fayllarini yuklab olmang va o‘rnatmang, bankning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib holatga oydinlik kiriting, kiber jinoyati jabrlanuvchisiga aylanib qolmang!
Har biringizni kiberxavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz.
Kattaqo‘rg‘on tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan hududda jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarni xavfsizligini ta’minlash borasida tizimli profilaktik choralarni kuchaytirish yo‘lida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Murojaatim davomida fuqarolardan quyidagilarga qat’iy amal qilishini so‘rab qolaman.
- oilada tinchlik va sog‘lom muhitni saqlash;
- zo‘ravonlik va bezorilikka yo‘l qo‘ymaslik;
- shubhali holatlarga befarq bo‘lmaslik;
- firibgarlik va o‘g‘irlikdan ehtiyot bo‘lish;
- yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish.
Hurmatli Kattaqo‘rg‘onliklar tumanimiz hududida:
-jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish,
-jinoyatchilikka qarshi kurashish,
-mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda albatta keng jamoatchilik vakillari va Siz aziz fuqarolarimizga tayanamiz.
Murojaatim yakunida, Siz azizlarni yana bir bor ogohlikka chaqiraman.
O‘z uyimiz, o‘z mahallamizni osoyishtaligini birgalikda o‘zimiz asraylik!
Aziz yurtdoshlar.
