Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tanqidiy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-02-17 18:00:00 / Majlislar

Bugun Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman prokurori Mirzaxon Nozimov, tuman IIB boshlig‘i Aslam Ochilov, shuningdek tashkilot rahbar va xodimlari ishtirokida tuman hokimligida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan, 2026 yil uchun mo‘ljallangan yo‘l xaritasi asosida tuman elektr tarmoqlari faoliyatining tanqidiy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda yashirin foydalanuvchilarni aniqlash va ularni bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashda tizimli yondashuvni yo‘lga qo‘yish, shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolar ishonchini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tadbir tuman miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashning samaradorligini oshirish, hamkorlikni kuchaytirish va belgilangan yo‘l xaritasini amaliyotga tatbiq etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
