Assalomu alaykum, Aziz Kattaqo‘rg‘onliklar hamda tumanimiz mehmonlari !
2026-02-16 18:00:00 / MUROJAAT

Assalomu alaykum, Aziz Kattaqo‘rg‘onliklar hamda tumanimiz mehmonlari !
Muhtaram Prezidentimizning qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida har oyning yakuni bilan tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha “profilaktik-ogohlantiruvchi murojaat” yo‘llab borilmoqda.
Sizlarga, tumanimizda 2026-yil yanvar oyida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha qisqacha ma’lumot bermoqchiman.
2026-yilning 1 oyida jami 47 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, mazkur 12 tasi jinoyatlarning tashabbus bilan aniqlanadigan, 13 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan, 22 tasi kiber jinoyatlar tashkil etadi.
Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida tuman hududida 2026-yilning 1 oyida, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan qotillik, bosqinchilik, og‘ir va o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlari, talonchilik, bezorilik va avtomashinalarni olib qochish kabi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l quyilmadi.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida, tumandagi 69 ta mahallalardan 6 tasi “sariq”, 63 tasi “yashil” toifaga kiritildi.
Jinoyat sodir etilgan mahallalarda kriminogen vaziyatni jilovlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va profilaktik choralarni kuchaytirish yo‘lida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Murojaatim davomida fuqarolardan quyidagilarga qat’iy amal qilishini so‘rab qolaman.
- oilada tinchlik va sog‘lom muhitni saqlash;
- zo‘ravonlik va bezorilikka yo‘l qo‘ymaslik;
- shubhali holatlarga befarq bo‘lmaslik;
- firibgarlik va o‘g‘irlikdan ehtiyot bo‘lish;
- yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish.
Hurmatli Kattaqo‘rg‘onliklar tumanimiz hududida:
-jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish,
-jinoyatchilikka qarshi kurashish,
-mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda albatta keng jamoatchilik vakillari va Siz aziz fuqarolarimizga tayanamiz.
Murojaatim yakunida, Siz azizlarni yana bir bor ogohlikka chaqiraman.
O‘z uyimiz, o‘z mahallamizni osoyishtaligini birgalikda o‘zimiz asraylik!
Aziz yurtdoshlar.
