Pastdarg’om tumani hokimligi axborot xizmati to‘g‘risida
Pastdarg'om tumani hokimining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi
Norbekov Islambek Olimjonovich

Telefon: 93 9547774
Gazeta, radio va televideniya – Pastdarg’om tumani hokimligi axborot xizmati bundan 7 yil avval ana shu OAV xodimlari yordamiga tayangan holda faoliyat yuritar edi. Tuman hokimligida mavjud bo‘lgan bitta eski fotoapparat bilan tuman hokimligi tadbirlari, amaliy ishlari, aholi bilan uchrashuvlarni yoritish qiyin kechgan. 2019-yil axborot xizmati uchun tub burilish yili bo‘ldi. Davlatimiz rahbari “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Mazkur qarorda axborot xizmatlarini davlat organlari va jamiyat o‘rtasidagi haqiqiy ishonchli ko‘prikga aylantirish, ularning mamlakat axborot makonida samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, matbuot kotiblari maqomini oshirish, axborot xizmatlarining kadrlar va moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash ko‘zda tutilgan edi. Bugungi kunda Axborot xizmati uchun kerakli bo‘lgan barcha moddiy-texnik baza va sharoitlar yaratilgan. Barcha ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda sahifalar tashkil etilgan. Tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan media-rejalar va tanqidiy materiallarga munosabatlar ijro holati nazorati olib borilmoqda. Tumanda blogosferadagi bildirilgan har bir tanqidiy materialga tezkor munosabat, ya’ni muammodan xabar topilganligi, mas’ullar o‘rganilayotganligi holati haqida 5 soat ichida munosabat bildirilishi mexanizmi joriy etilgan. To‘liq rasmiy munosabat esa 5 kun ichida e’lon qilinishi ta’minlab kelinmoqda. Bugungi kunda tumandagi korxona va tashkilotlarda media makon va blogosferadagi vaziyatlar uchun maьsullar biriktirilgan. Aytish joizki tuman hokimligi faoliyati ham hokimlikning o‘zi, ham korxona va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida aholini muntazam xabardor qilishga qaratilgan. Shu maqsadda tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda chiqishadi. Shu maqsadda ommaviy axborot vositalarida turli tadbirlar, jumladan, brifinglar, ochiq muloqotlar, matbuot anjumanlari, media-turlar o‘tkazilmoqda. Bu boradagi talablar yil sayin ortib bormoqda. Taqqoslash uchun: 2019-yilda 11 ta, 2024-yilda 223 ta, joriy yilning birinchi yarmida 86 ta tadbirlar o‘tkazilgan. Pastdarg’om tumani hokimligi axborot xizmati ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-sayt, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, jumladan, matbuot anjumanlari, brifinglar va media-turlar tashkil etish orqali tuman hokimligi faoliyati to‘g‘risida aholiga o‘z vaqtida ma’lumot berib kelmoqda. Ayni kunga qadar axborot xizmati tomonidan birinchi manba sifatida 50 dan ortiq xalqaro delegatsiyalarning tashrifini rasmiy yoritildi. Bir so‘z bilan aytganda, tuman hokimligi Axborot xizmati xodimlari davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan barcha vazifalarni to‘liq bajarish bilan birga o‘z oldiga yanada katta marralar qo‘yib, ularga erishish yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
