YAXSHIDAN BOG‘ QOLADI
2026-11-21 10:30:00 / Yangiliklar

YAXSHIDAN BOG‘ QOLADI
Daraxtlar - insonlar yashashi va salomatligi uchun zarur bo‘lgan kislorod manbai sanaladi.
Ular nafaqat tabiat uchun ko‘rk balki, atrof-muhit musaffoligi uchun chang yutuvchi manba va kislorod ta‘minot zanjirining ajralmas qismi hamdir.
Pastdarg‘om tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida har yili minglab ko‘chatlar o‘tqazilib, parvarishlanmoqda.
Ayni paytda ham ushbu loyihaning joriy yil kuzgi mavsumiga start berilib, Qatorterak mahallasidagi bo‘sh turgan yer maydoniga 3000 tupdan ortiq mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilyapti.
Tuman hokimi J.Pardayev, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, barcha tashkilot va korxonalarning ko‘ngilli vakillari hamda faol fuqarolar ishtirok etayotgan yig‘inda hozirga qadar ekilgan daraxtlar parvarishini unutmagan holda, ayni paytda o‘tqazilayotgan nihollarning sug‘orish tizimiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.
Uyushqoqlik bilan olib borilayotgan bu xayrli ishlar tabiatni asrash, yashil maydonlarni kengaytirish hamda ekologik soflikni taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
